O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash masalalari bo‘yicha fuqarolarni qiziqtirgan savollarga tezkor va aniq javob berish maqsadida komissiya a’zolari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Mazkur yo‘nalishda murojaatchilarga zarur huquqiy va amaliy ma’lumotlar berilib, har bir holat individual tartibda ko‘rib chiqilmoqda.
Fuqarolar bilan bevosita muloqot jarayonida o‘qishni ko‘chirish tartibi, qayta tiklash shartlari, hujjatlar ro‘yxati hamda belgilangan muddatlar yuzasidan batafsil izohlar berilmoqda. Bu esa murojaatchilarning savollariga o‘z vaqtida javob berish va tushunmovchiliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Mazkur masalalar bo‘yicha komissiya a’zolari — Jabbarov Firdavs (tel.: +998 93 650 96 63) hamda Xasanboyev Dadajon (tel.: +998 91 565 25 04) fuqarolar murojaatlari bilan doimiy shug‘ullanib, zarur maslahat va ko‘mak ko‘rsatib kelmoqda.