Nafaqa qachon to‘lanadi?
❇️Nafaqa oyning 1–15-kunlari tayinlansa, mablag‘ shu oyning 25-sanasigacha;
❇️oyning 16-sanasidan shu oyning oxirgi sanasiga qadar tayinlansa, mablag‘ keyingi oyning 10-sanasigacha to‘lab beriladi (https://t.me/barakakarta/368).
“Baraka” ijtimoiy kartangiz bo‘lmasa-chi?
Hech qanday murojaat qilishingiz shart emas.
📱Siz uchun “Baraka” mobil ilovasida avtomatik ravishda virtual ijtimoiy karta ochiladi va nafaqa mablag‘lari shu kartaga o‘tkaziladi. Virtual kartadagi mablag‘larni “Baraka” mobil ilovasi orqali kuzatishingiz mumkin.
💳Agar jismoniy plastik karta kerak bo‘lsa, “Baraka” mobil ilovasi orqali buyurtma bering. Kasallik nafaqasi tayinlangan fuqarolarga “Baraka” ijtimoiy kartasi bepul rasmiylashtirib beriladi.
Nafaqangiz holati va mablag‘lar tushumini “Baraka” mobil ilovasi orqali kuzatib boring.
Ilovani yuklab olish (https://onelink.to/54geza)
📞 Ishonch raqami: 1070
🌐 Batafsil: baraka.gov.uz
📱 @jizpi_online