O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tarix, falsafa, sotsiologiya va siyosiy fanlari bo’yicha ekspert kengashining xulosasi (27.11.2017 y., № 11/22 a)ga binoan “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yo’nalishlari” fani bo’yicha mintaqadagi OTM va ITMlardagi talabgorlar uchun professorlik va dotsentlik ilmiy unvoniga talabgor ilmiy xodimlardan Samarqand davlat universititida maxsus imtihon qabul qilinadi.
Maxsus imtihon topshiruvchi talabgorlarning hujjatlari sessiya o’tkaziladigan (fevral, may, noyabr, dekabr) oyining 1 sanasigacha qabul qilinadi.
Maxsus imtihon topshiruvchi talabgorlardan talab qilinadigan hujjatlar 1-ilovaga muvofiq tayyorlanadi va ushbu hujjatlar Samarqand davlat universiteti Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi tomonidan qabul qilinadi.