To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi kafedra mudiri
Doniyorov Bektosh Bahodirovich
Seshanba, Payshanba, Shanba 14.00 dan 16.00 gacha
+998977015776
To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi haqida
“To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi 2020-2021 o'quv yilidan yangi kafedra sifatida Jizzax politexnika institutining “Sanoat texnologiyalari” fakulteti ta'sarrufida faoliyat olib boradi. Hozirda kafedrada jami 16 nafar professor o'qituvchilar faoliyat ko'rsatib kelmoqda, shundan 4 nafar professor, 7 nafar dotsent va 5 nafar assistent o'qituvchilardir. Kafedra o'qituvchilari tomonidan bakalavriat ta'lim yo'nalishlarida 62 ga yaqin kunduzgi va 157 nafar sirtqi bakalavr talabalar, 10 ga yaqin magistratura mutaxasisliklarida tahsil olib kelmoqdalar. Bundan tashqari 4 nafar doktorantlar kafedra professor o'qituvchilari bilan birgalikda ilmiy izlanishlarini olib bormoqda.
Bakalavriat yo'nalishi:
-60720700 – Yengil sanoat muhandisligi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr;
Kafedrada magistrantlarimiz
-70720701 – Tо‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi (tо‘qima) mutaxasisligi bo'yicha o‘z bilim va ko'nikmalarini oshirib kelmoqda. Bulardan tashqari kafedrada faoliyat yuritayotgan ilmiy izlanuvchi o'qituvchilarimizdan 4 nafari 05.06.02.- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari) ixtisosligi bo'yicha ilmiy faoliyat olib bormoqdalar. “To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi yosh kafedra bo'lishiga qaramasdan yuksak salohiyatli kadrlarni jamiyatga tayyorlab berish, bundan tashqari ilmiy-tadqiqot ishlarda, tashkiliy-uslubiy ishlarda, ma'naviy-ma'rifiy ishlarda va sport ishlarida ham institut kafedralari ichida yuqori o'rinlardan birini egallab kelmoqda. Kafedra o'qituvchilari tomonidan har o'quv yilida talabalarga va magistrantlarga 42 dan ortiq mutaxassislik fanlaridan yuqori saviyada tashkil etilgan o'quv xonalarida dars mashg'ulotlari olib borilmoqda. Jumladan kafedrada o'quv jarayoni malakali ustozlar tomanidan a'lo darajada amalga oshirilmoqda. Buning uchun kafedramizda talabalarga ma’ruza darslarini olib borish uchun 3 ta xonalar mavjud. Bundan tashqari amaliy va laboratoriya dars mashg'ulotlarini amalga oshirish uchun laboratoriya jihozlari bilan ta'minlangan 3 ta xonalar bor. Ulardan 1 tasi ilmiy laboratoriya bo'lib, “ERASMUS+” granti loyihasi asosida olib kelingan to‘quvchilik uchun qo'llaniladigan barcha laboratoriya jihozlari bilan, qolganlari esa hozirgi kunda rivojlanib kelayotgan ip yigirish va trikotaj korxonalarining laboratoriya jihozlari bilan ta'minlangandir. Kafedraning o'rtacha yoshi asosiy va o'rindoshlik asosida ishlayotgan professor-o'qituvchilarga asosan 40 yosh. Barchamizga ma'lumki respublikamizda fan, inovatsiyalar va ilmiy salohiyatga yildan yilga e'tibor ortib bormoqda. Shu jumlada ta'kidlab o'tishimiz joizki, bizning kafedra o'qituvchilarimiz ham ilmiy izlanishlari bilan soha rivojlanishiga katta hissa qo'shib kelmoqdalar. Kafedra o'qituvchilari tomonidan monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlangan hamda hozirda dars jarayonlarida foydalanib kelinmoqda.
Bundan tashqari kafedra professor o`qituvchilari tomonidan OAK tasarrufidagi jurnallarda 100 dan oshiq, Respublika va xalqaro miqyosidagi konfrensiya jurnallarda 500 dan oshiq ilmiy maqolalar e`lon qilingan.
Eng katta yutuqlardan biri bu kafedra professor o`qituvchilari tomonidan oxirgi 7 yilda Scopus bazasidagi jurnal va konfrensiyalarda 50 dan oshiq maqolalar nashr etib borilmoqda va scopus bazasidagi iqtibosliklar soni ortib bormoqda.
Kafedrada professor-o‘qituvchilariga iqtidorli talabalar biriktirilgan bo‘lib, ular bilan birgalikda turli hildagi tanlovlarda qatnashish, tezislar va maqolalar chop etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Kafedraning ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorligi va kafedra filiallarining tashkil etilganligi
Ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini ta’minlash maqsadida kafedra “Jizzax tekstil” MCHJ, “Toshtepa tekstil” MCHJ, “Paxtakor Textile” MCHJ, Paxtakor Gold tekstil MCHJ korxonalari bilan o‘quv-tanishuv, malakaviy ishlab chiqarish, bitiruv oldi amaliyotlarini o‘tkazish ilmiy-amaliy ishlarni olib borish maqsadida xamkorlik shartnomalarini tuzildi.
Bundan tashqari 2020-yil sentyabr oyida “JIZZAX TEKSTIL” MCHJ va 2025-yilda PAXTAKOR GOLD TEXTILE MChJ korxonalarida kafedra filiali ochilgan bo‘lib, unda kafedraning ayrim mutaxassislik fanlaridan laboratoriya o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi Ushbu filialda maxsus xona ajratilib, kerakli laboratoriya uskunalari bilan jihozlandi.
Kafedra va Korxonalar o‘rtasida oxirgi 7 yilda o‘zaro xo‘jalik shartnomalari ham tuzilgan bo‘lib, ushbu xo‘jalik shartnomalari asosida 50 mln.ga yaqin pul mablag‘lari tushirilgan.
XALQARO HAMKORLIK VA CHET EL BILAN ILMIY ALOQALAR ASOSIDA ERISHILGAN NATIJALAR
Kafedra asisstenti Gulboyev Ulug‘bek Yaxshiliq o‘g‘li fevral oyida Hindiston Respublikasiga ITEC (Indian Economy and Cooperation Programme dasturi bo‘yicha Texnik o‘qituvchilarni malakasini oshirish va tadqiqot milliy instituti (National Institute of Technical Teachers Training and Research, Chennai)da “Texnika kasb-hunar ta’limi bo‘yicha trenerlar va rejalashtiruvchilar uchun elektronika bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirish” (Skill Development in Electronics for TVET Trainers and Planners) o‘quv kursi bo‘yicha 21.02.2023 dan 22.03.2023 ga qadar Hindistonning Tamilnad shtati Chennay shahrida stajirovkada bo‘lib qaytdi.
2024 yil sentyabr oylarida kafedra professor o`qituvchilaridan D.Shamiyev va J.G`ofurov, J.Razzoqovlar Erasmus+ granti asosida Gretsiya va Ruminyaning yetakchi universitetlarida malaka oshirib kelishdi.
Bundan tashqari 2025-yilninig may oyida U.Jabborov, U.Gulboyev va J.Razzoqovlar ham ushbu Erasmus+ granti asosida Gretsiya, Ruminya va Turkiyaning yetakchi universitetlarida malaka oshirib kelishdi.
Qolaversa kafedra tomonidan Qozog`istonning M.Avezov va Almata texnologiya universiteti bilan texnologiya, dizayn, to`qimachilik mavzularida hamkorlik aloqalari olib borilmoqda.