Rektorat

Axborot resurs markazi direktori

Ropiyeva Muborak Abdug'aniyevna

Qabul vaqti: dushanba, chorshanba va juma, soat 14:00 dan 16:00 gacha.

Telefon: +998930039206

E-mail: jizpiarm@inbox.uz

Axborot-resurs markazi – ARM (2006 yil 23 iyungacha institut kutubxonasi sifatida faoliyat yuritgan) 1977 yilda tashkil etilgan. ARM fondi Toshkent, Moskva va Kiyev shaharlaridagi turdosh institutlar tomonidan taqdim etilgan ijtimoiy-siyosiy hamda mutaxassislikka oid adabiyotlardan iborat bo‘lgan. Hozirgi kunda ARM yagona kitobxonlik guvohnomasi asosida 5620 nafar kitobxonga va elektron manbalardan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Foydalanuvchilar tarkibini institutning professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, xodimlari va talabalari bilan bir qatorda boshqa oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va talabalari, malaka oshirish kursi tinglovchilari, telekommunikatsiya sohasi vakillari va boshqa foydalanuvchilar tashkil etadi. ARM abonement tizimi orqali adabiyotlardan ARMda, ARM kutubxonalarida hamda ARMdan tashqarida foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. ARM fondi an’anaviy (bosma nashrlar) va elektron ma’lumotlar bazasidan iborat. Bugungi kunda ARM fondini 21 900 nomdagi 71 147 nusxadagi adabiyotlar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar tashkil etadi. Fondning 84,3 foizini o‘quv adabiyotlari, 12,7 foizini ijtimoiy - siyosiy adabiyotlar, 3 foizni badiiy adabiyotlar va qolgan qismini boshqa turdagi adabiyotlar tashkil qiladi. Axborot-resurs markazi har yili smeta asosida moliyalashtiriladi, zarur adabiyotlar, moddiy-texnika vositalari hamda vaqtli matbuot nashrlari ehtiyojga ko‘ra xarid qilinadi.
ARM foydalanuvchilar bilan turli metodlar asosida ishlaydi:
• kafedra kunlari tashkil etiladi (har oyda ikki marta);
• an’anaviy va noan’anaviy kitob ko‘rgazmalari o‘tkaziladi;
• yangi kelgan adabiyotlar bo‘yicha byulletenlar tuziladi;
• kitob taqdimotlari an’anaviy va onlayn shaklda o‘tkaziladi;
ARMning kitob fondida an’anaviy kitobxon kataloglari (tizimli va alifbo tartibida), elektron kataloglar, shuningdek, Respublikaning hozirgi hayoti va dolzarb mavzulariga oid mavzuli kartotekalar mavjud bo‘lib, ular keng ma’lumot bazasini tashkil etadi.