Jizzax politexnika instituti tomonidan joriy yilning 16 iyun kuni “Yoshlarni qo‘llab- quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili munosabati bilan Jizzax viloyati 29-sonli Mehribonlik uyida “Kelajagimiz egalariga e’tibor” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Mehribonlik uyi direktori Oydinoy Hamraqulova kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Shundan so‘ng so‘z bugungi tadbirning mazmun va mohiyati yuzasidan Yoshlar masalalari va ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Eshbekova Sanobar Omonlikovnaga berildi.
Sanobar Eshbekova ana shunday murakkab davrda yurtimiz farzandlarining tinchlik-osoyishtalikda, beqiyos g‘amxo‘rliklar og‘ushida unib-o‘sayotganligi, ularga barcha sharoitlar muhayyo ekanligi, porloq kelajagimiz egalarining bugun yuz-u ko‘zida tabassum barq urib turishi uchun bor imkoniyatlarni ishga solinayotganligi, bugungi e’tibor–ertangi kunimiz, bolajonlarning Yangi O‘zbekistonni barpo etishda qo‘shadigan bunyodkorlik g‘oyalari uchun zamin yaratishi haqida so‘z yuritdi.
Tadbirda institutning “Iste’dod”, “Iqtidor” to‘garagining bir guruh ijodkor talaba-yoshlari ishtirokida tashkil etilgan “Mushoira”, ijro etilgan quvnoq qo‘shiq va raqslar, “Ibrat” talaba- teatri tomonidan ijro etilgan Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna asari ko‘rinishlari, gitarachi talabalar guruhi chiqishlari mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.
Shundan so‘ng mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tomonidan ham qo‘shiq va raqslar ijro etildi.
Iyun oyida o‘z tavallud kunini nishonlayotganlarga sovg‘alar ulashildi.
Ushbu tadbir mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining 82 nafari va 20 ga yaqin uyushmagan yoshlarni o‘z ichiga qamrab oldi.
Tadbir jarayonida yoshlarni har tomonlama zukko, bilimdon, milliy qadriyatlar va an’analar ruhida, vatanparvar hamda sog‘lom qilib tarbiyalash maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini, sport musobaqalaridan “Estafeta”, mini futbol, shaxmat, shashka kabi turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Gʻoliblar va ishtirokchilar institut rektorining maxsus  Diplom va sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Barcha tarbiyalanuvchilarga kitoblar sovg‘a qilindi.
Ushbu tadbirlarga barcha tarbiyalanuvchilar va uyushmagan yoshlar qamrab olindi.
Ushbu o‘tkazilgan tadbir mehr-oqibat, jo‘shqinlik, imkoniyat, samara va esda qolarli taassurotlar ruhida bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan fotolavhalar:
Institut matbuot xizmati