Jizzax politexnika institutida "Xotin qizlarning fan, ta'lim, madaniyat va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish sohasidagi yutuqlari" mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlangani haqida avval ham xabar bergan edik. Xalqaro miqyosda tashkil etilgan ilmiy–amaliy konferensiya bugun, 22-may kuni o'z yakuniga yetdi.
Institutimiz o‘z faoliyati davomida minglab yuqori malakali mutaxassislarni tayyorladi. Ular O‘zbekistonda ham, yaqin va uzoq xorij mamlakatlarida ham muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Bizning institut bitiruvchilari siyosat va iqtisodiyot, biznes, fan va texnologiyalar sohalarida ham faoliyat yuritmoqda. Ular orasida taniqli muhandislar, siyosatchilar va iqtisodchilar, deputatlar, yirik biznes tuzilmalari rahbarlari, taniqli jamoat arboblari bor. Bugungi kunda o‘quv jarayonida, ham o‘quv jarayonidan tashqari ishlarda asosiy strategik vazifa, nafaqat kasbiy xususiyatlarni shakllantirish, balki inson kamoloti, vatanparvarlik, mas’uliyat hissi kabi shaxsiy fazilatlarni shakllantirish, yetakchilik fazilatlarini namoyon qilish hisoblanadi. Institutimiz o‘z faoliyati davomida barcha talabalariga sifatli ta’lim berib kelmoqda. Biz milliy oliy ta’lim muassasalari an’analariga rioya qilamiz, shu bilan birga, ta’lim sohasidagi ilg‘or tendensiyalarga ham amal qilgan holda faol rivojlanmoqdamiz
Konferensiya pandemiya munosabati bilan onlayn o‘tkazilayotganiga qaramay, unda qatnashishga istak bildirgan xorijiy va mahalliy ishtirokchilarning sonini oshishi, anjuman mavzusining va undagi muammolarning bugungi kunda qanchalik dolzarbligidan dalolat beradi.
Konferensiya ishiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridagi oliy o‘quv yurtlaridan 400 ga yaqin maqola kelib tushgan bo‘lib, 366 tasi to‘plamga kiritildi, shuningdek Xorijiy davlatlardan 15 nafar olimlar o‘zlarining tezis va maqolalari bilan ishtirok etdilar, konferensiya ishida 5 nafar xorijliklar ma’ruza qildilar, 2 tomdan iborat to‘plamlar chop etildi.
2021-yil 21-22 -may kunlari yalpi majlis hamda quyidagi 5 ta shoʻba o‘z faoliyatini olib bordi: 1-sho’bа: Fаn, tа’lim, mаdаniyat vа tаdbirkоrlik sоhаsi rivоjigа innоvаtsiоn teхnоlоgiyalаrni qo’llаshdа хоtin-qizlаrning o’rni; 2- sho’bа: Аrхitekturа vа qurilish, sаnоаt, energetikа, iqtisоdiyot vа trаnspоrt sоhаlаridа innоvаtsiоn teхnоlоgiyalаr vа ахbоrоt kоmmunikаtsiyalаrini tаdbiq qilish mаsаlаlаri; 3-sho’bа: Аyollаr spоrtini оmmаviyligini оshirish hаmdа chet tillаrni o’rgаtishdа оilаning vа tа’lim muаssаsаlаrining o’rni; 4- sho’bа: Yoshlаr 3-renessаns pоydevоri, insоn, jаmiyat, shахs, оilаning o’zаrо munоsаbаtlаri, undа uchrаydigаn gender tengligi hаmdа imkоniyatlаr kаfоlаtlаri; Хоtin qizlаrni tаzyiq vа zo’rаvоnlikdаn himоya qilish mаsаlаlаri; 5- sho’bа: Ахbоrоtlаshgаn jаmiyatdа yoshlаrning internetdаn fоydаlаnishidа to’g’ri yo’lаnmа berish оmillаri, kitоbхоnlik mаdаniyatini оshirish hаmdа kitоbхоnlikni keng tаrg’ibоt qilish, innоvаtsiоn kutubхоnа yarаtish;
Har bir shoʻbadan 3 nafardan eng yaxshi ma’ruzachilar aniqlandi va ular “Oflayn” va “Onlayn” sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Institut matbuot xizmati