30 Iyn
- 2022-06-30 15:46:37
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etdi.
#Yoshlar_oyligi #30_iyun #Yoshlar_kuni #fotogalereya
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etdi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/2022). Davlatimiz rahbari bog‘da Besh tashabbus yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan pavilonlar faoliyati bilan tanishib (https://t.me/Press_Secretary_Uz/2027), yoshlar bilan muloqot qildi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/2017). So‘ng, Yoshlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida nutq so‘zladi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/2037).
Tadbirda Toshkent shahridan hamda barcha viloyatlardan yoshlar (onlayn tarzda) ishtirok etdilar. Xususan, Jizzax viloyatida ham bayram ko'tarinki ruhda tashkil etildi.
Ushbu bayram tadbirida Jizzax politexnika instituti rahbariyati, professor-o'qituvchilari, xodimlari va talaba-yoshlaridan iborat jamoasi ham faol ishtirok etdi.