2021/2022-o‘quv yilida Jizzax politexnika institutida tashkil etilgan malakaviy amaliyotlar haqida.

Institutda ishlab chiqarish va bitiruv oldi amaliyotlarini tashkillashtirish va uni o‘tkazishda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- institutda talabalar ishlab chiqarish va bitiruv oldi amaliyotlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 30-oktyabrdagi “Oliy maktabning me’yoriy xujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan talabalar malakaviy amaliyotlari to‘g‘risidagi Namunaviy Nizom asosida tashkil etildi va o‘tkazilishi bo‘yicha monitoringini yuritish yo‘lga qo‘yildi. Ishlab chiqarish va bitiruv oldi amaliyotlarini o‘tkazilishi monitoringi natijalariga ko‘ra, institutda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 45 ta guruh o‘quv tanishuv (1-kurslar), 123 ta guruh malakaviy (2-, 3-kurslar) va 42 ta guruh bitiruv oldi (4-kurslar) amaliyot o‘tashga yuborildi. Shuningdek, 2-kurs magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 8 ta guruhda jami 109 nafar talabalar amaliyotga yuborildi. 2021/2022-o‘quv yilida 1-, 2-kurs bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘quv jarayoni grafigiga ko‘ra tashkil etilgan talabalarning o‘quv-tanishuv amaliyotlari iyun, iyul oylarida o‘tkazildi.

Institutda ishlab chiqarish va bitiruv oldi amaliyotlariga jalb etilgan 2-, 3-, 4-kurs talabalaridan ko‘pchiligi (boshqa viloyatdan kelib o‘qiydiganlar) o‘zlari yashayotgan hududlardagi korxona (tashkilot)larda amaliyot o‘tashlariga shart-sharoitlar yaratildi. Bu esa talabalarning ko‘pchiligi kelgusida ish bilan ta’minlanishiga zamin yaratadi.

- Institutning mutaxassislik tayyorlovchi kafedralarida talabalarni 1-kursdan 4-kursgacha malakaviy amaliyotlarini o‘tashlari uchun korxona (tashkilot)lar bo‘yicha yo‘l xaritalari ishlab chiqildi va belgilangan korxona (tashkilot)lar bilan shartnomalar tuzildi.

- Talabalar malakaviy amaliyotlari marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi tomonidan nazorat, tahlil qilinib, tahliliy natijalar monitoringi o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor va institut rektoriga taqdim etib borish yo‘lga qo‘yildi. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor huzurida fakultet dekanlari va mutaxassis tayyorlovchi kafedra mudirlari ishtirokida muntazam muhokama etilishi talabalarning malakaviy amaliyotlarga ishtirokini ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda.

👉 https://telegra.ph/00-07-28-2

🎥 HD formatda tomosha qilish: 👉 https://t.me/JizPI_online/17477