Shuxrat Abdumalikovich Alikabulov Jizzax politexnika institutining moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlangani haqida maʼlum qilgan edik. Shuxrat Alikabulov 1984-yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2008-yilda Jizzax politexnika institutini va 2011-yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Shu kunga qadar Jizzax politexnika institutining arxitektura va qurilish fakulteti dekani o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Maʼlumot uchun: Shu paytga qadar Matniyazov Bakdurdi Ibragimovich institutining moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori edi. Institut matbuot xizmati