Rektorat

Eshbekova Sanobar Omonliqovna

Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor

Eshbekova Sanobar Omonliqovna

Qabul vaqti: Seshanba 15:00 – 17:00

Telefon: +998722265717

E-mail: sanobar1931@mail.ru

Institut Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor lavozim vazifalari: -O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish; -Davlat ta'lim standartlari asosida ma'naviy-tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta'minlash; -Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko'rsatmalarini, ma'naviy-ma'rifiy jarayonlariga oid masalalar bo'yicha institut Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish; -Faoliyat yo'nalishi bo'yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish; -Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha bo'limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish; -Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko'rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha takliflar tayyorlash; -Kafedralar, fakultet va bo'limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o'tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o'qituvchilarning ma'naviy-ma'rifiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish; -Oliy ta'lim muassasalari bilan ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o'qituvchilarning faol ishtirokini ta'minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash; Bilishi kerak: -O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda Vazirlik buyruqlarini, institutda o'quv, ilmiy, moliyaviy va tarbiya jarayonini belgilangan normativ hujjatlarni bilishi. Malaka talablari: -Institutda boshqaruv lavozimida zarur bo'lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta'lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko'nikmalarga; -Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo'lish, mas'uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutush, qat'iy harakat qilish, institutning strategik maqsadlariga erishishni ta'minlash xususiyatlariga; -Institutda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo'nalishlari va mutaxassisliklaridan biri bo'yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo'lishi zarur. -Institutning tegishli boshqaruv bo'g'inlarida-kafedra mudiri, fakultet dekani yoki o'rinbosari kabi rahbarlik lavozimlarida kamida 7 yillik samarali ish stajiga ega bo'lishi zarur.

Mehnat faoliyati
1992-1997 yy. Toshkent davlat universiteti talabasi

1994-1996 yy. Toshkent shahri S.Rahimov tumani 28-maktab yoshlar bilan ishlash yetakchisi

1996-1997 yy. Toshkent shahar Shayxontohur tumani 115-maktab o'qituvchisi

1997-1998 yy. Jizzax politexnika instituti Elektroenergetika va fizika kafedrasi laboratoriyasi mudiri

1998-2005 yy. Jizzax politexnika instituti Elektroenergetika va fizika kafedrasi assistenti

2005-2006 yy. Jizzax politexnika instituti Sanoat texnologiyasi va qurilish fakulteti dekani muovini

2007-2010 yy. Jizzax politexnika instituti Elektroenergetika va fizika kafedrasi katta o'qituvchisi

2010-2014 yy. Jizzax politexnika instituti Elektroenergetika kafedrasi katta o'qituvchisi

2014-2020 yy. Jizzax politexnika instituti monitoring va ichki nazorat bo'limi boshlig'i

2020-2021 yy. Jizzax politexnika institutining Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori

2021-2022 yy. Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor

2022- y.h.v. Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor