Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektor
Rajabov Yorqinbek Sayfiddin o'g'li
Qabul vaqti: Dushanba 10:00 – 12:00
Telefon: +998974384448
Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektor lavozim vazifalari: O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
Davlat ta’lim standartlari asosida moliyaviy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, moliyaviy-iqtisodiy jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha OTMsi Kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
Texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va bo‘limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
O‘quv xonalaridan unumli foydalanish, kafedra, o‘quv xonalari, laboratoriyalar, xo‘jalik va madaniy-maishiy muassasalarini, institut tizimi bo‘linmalarini materiallar, asbob-uskunalar, anjomlar bilan texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;
Institutning xo‘jalik xizmatlari, madaniy-maishiy muassasalariga, auditoriya, laboratoriya, xonalar, o‘quv-sport bazalari, talabalar turar joylari, oshxona va bufetlarning zaruriy sanitariya-gigiena holatini ta’minlash va qurilish, kapital, joriy ta’mirlash ishlarini tashkil etish;
Institut xududida va talabalar turar joylarini obodonlashtirish rejalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, o‘quv binolarini, talabalar turar joylarini hamda ularning atrofini obodonlashtirishda, talabalarni o‘z-o‘ziga xizmatini tashkil etadi;
Institut moddiy boyliklarining kirim va chiqim bo‘yicha hujjatlarini rasmiylashtiradi;
Omborlardan berilayotgan moddiy boyliklar talabnomalariga imzo chekadi, vakolatlar beradi, eskirgan, xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan material va mulklarni hisobdan chiqaradi;
Bo‘sh qolgan binolardan unumli foydalanish maqsadida ijaraga berishga shartnomalar tuzadi va boshqa tadbirkorlik ishlarini tashkil etib, institut moliyaviy ahvolini yaxshilashga chora tadbirlar ko‘radi, talabalarni shartnoma asosida o‘qitishdan tushgan mablag‘larni nazorat etadi;
Ijro intizomini bo‘zgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Bo‘limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar tayyorlash
MЕHNAT FAOLIYATI
2013-2018 yy. - Jizzax politexnika instituti talabasi
2018-2020 yy. - Jizzax politexnika instituti magistranti
2020-2023 yy. - Jizzax politexnika instituti bino va inshootlar kurilishi kafedrasi assistenti
2020-2025 yy. - Jizzax politexnika instituti rektori yordamchisi
2023 y. - x.v. - Jizzax politexnika instituti bino va inshootlar qurilishi kafedrasi dotsent v.b.
2025 y. - x.v. - Jizzax politexnika instituti Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor