Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan "Jaslar texnoparki"da Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari O.Mahkamov boshchiligida boʻlib oʻtgan assambleyada Yoshlar akademiyasi liderlari hamda aʼzolari ishtirok etdi. Yoshlar akademiyasi assambleyasida liderlarning faoliyat natijalari haqida soʻz bordi, uchrashuv ishtirokchilaridan tushgan takliflar tinglandi. Ilmiy izlanishlarni rivojlantirish, kreativ tadbirkorlikni ilgari surish, Yoshlar akademiyasining istiqboldagi rejalari hamda dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha ochiq muhokama boʻlib oʻtdi. Shuningdek, assambleyada institutning Muhandislik komunikatsiyalar va qurilish montaj turlari yo‘nalishi 1-bosqich magistranti, Jizzax viloyati Yoshlar akademiyasi lideri Ilyos Tolliboyev ishtirok etdi. Assambleya yakunida qoraqalpogʻistonlik bir qator iqtidorli yoshlarga "Yoshlar akademiyasi aʼzosi" belgisi topshirildi.