Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 8-oktabrdagi 3/15-2/3-8-son xatiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining “15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni” sanasini munosib nishonlash boʻyicha oʻtkazgan 35-sonli yigʻilish bayoni 2-ilovasi bilan tasdiqlangan dasturning 26-bandida Alohida reja asosida fermer va tadbirkor ayollarning boy hamda ibratli hayot tajribasi, amaliy bilim va koʻnikmalarini yosh qizlarga targʻib etish uchun taʼlim muassasalarida uchrashuvlar va tarbiyaviy soatlarni tashkil etish vazifasi belgilangan. Joriy yilning 14-oktabr kuni Jizzax politexnika instituti “Kimyo muhandisligi” fakulteti tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida “15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati kuni bilan "Ayol elda aziz" nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirni fakultet dekani M.Mirzabekov ochib berib, barcha talaba-yoshlarni hayot yo’llari ravon bo’lishi uchun o’qib izlanishlari zarurligi haqida tushunchalar berib o’tdi. So’ngra ikkinchi so’zni taklif etilgan mehmon “Zirapcha” MCHJ rahbari Jo’rayeva Komila Mavlonovna davom ettirib barcha talaba-yoshlarga hayot yo’lidagi qiyinchiliklar, ijtimoiy himoyaga muhtojlik davridagi holatlar va uning ortidan davlat rahbarimiz tomonidan ayollarga berilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, tadbirkorlik yo’lini tanlagani va shu tadbirkorlik ortidan viloyatmizda ko’zga ko’ringan tadbirkor ayollar qatorida ekanligini ta’kidlab o’tdi. Tadbir so’ngida talaba-yoshlarimiz o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Savol-javoblardan so'ng fakultetning iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan milliy raqslar ijro etildi hamda ona, ayol haqida aytilgan she’rlar barchaga xushkayfiyat bag'ishladi.