Joriy yilning 15-oktabr kuni Axborot-kommunatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti bilan hamkorlikda talaba-yoshlar bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Targ‘ibot tadbirida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti Ilmiy tadqiqotlar laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, dotsent Sh.Sindarov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Targ‘ibot tadbirida so‘zga chiqqan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti Ilmiy tadqiqotlar laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, dotsent Sh.Sindarov talaba-yoshlarni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutiga o‘qishga taklif etdi. Institut haqida batafsil ma'lumot berib o‘tdi. Shuningdek, institutda talabalar uchun barcha qulayliklar yaratilganligi, doimiy ravishda yuqori stipendiya bilan ta’minlanishi, a’lo baho olgan talabalar rag‘batlantirilib borilishini ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birgalikda o‘qishga topshirmoqchi bo‘lgan nomzodlar bir qancha talablarga ham javob berishi zarurligini aytib o‘tdi. Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yilgan: - Tibbiy ko‘rikdan o‘tishi; - Psixologik test bajarishi; - Jismoniy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, ushbu targ‘ibot tadbirlarida harbiy institutdagi mavjud tayyorlanadigan mutaxassisliklar haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. 1. Aloqa qo‘shinlari; 2. Axborotlarni kriptografik himoyalash va maxsus aloqa; 3. Axborot texnologiyalari va dasturiy injiniring; 4. Radioelektron razvedka va kurash; 5. Havo hujumidan mudofaa radiotexnika qo‘shinlari; 6. Havo hujumidan mudofaa zenit-raketa qo‘shinlari; 7. Tarmoq va axborot tizimlari xavfsizligi; 8. DXX chegara qo‘shinlari (intellektual tizimlar). Harbiy institutda kursantlar uchun 2 yillik tahsil, to‘liq byudjet asosida, barcha ta’minotlar davlat hisobidan ta’minlanadi hamda bitiruvchilarga “leytenant” harbiy unvoni taqdim etiladi va qurolli kuchlar tizimiga xizmatga yuboriladi deya o‘z so‘zini yakunladi. Targ‘ibot tadbirlari davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.