Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
16.10.2024

“Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostidagi navbatdagi uchrashuv...

Jizzax politexnika institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida “Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Joriy yilning 15-oktyabr kuni institutda tahsil oluvchi talaba-yoshlar ishtirokida institut rektori tomonidan 2024-yil 28-avgustda tasdiqlangan “2024/2025-o‘quv yili davomida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha yillik kalendar reja”ning 109-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida “Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari” mavzusidagi targ‘ibot tadbiri Jizzax viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Jizzax viloyati IIB TQKB bo‘limi boshlig‘i J.Abdullayev, Jizzax viloyat IIB terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi tezkor vakili podpolkovnik R.Eshmurodov, institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova va Jizzax shahar mahallalar vakillari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar mavzu yuzasidan batafsil tushuncha va tavsiyalar berishdi. — Barchamiz yaxshi bilamizki, hozirgi davrda global dunyoda turli xil ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ro‘y bermoqda, bunday sharoitda axborot oqimining shiddatli tus olishi, ushbu jarayonda esa to‘g‘ri yo‘ldan adashmasdan, ogohlik bilan harakat qilish davr talabi, — dedi M.Xolbekova. Uchrashuv so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar yetarlicha javoblar berishdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3