Tashrif davomida maktab jamoasi va ota-onalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Maktabdagi ijodkor o‘quvchilarning she’r va hikoyalari taqdimoti hamda bir qator ko‘ngilochar chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida adiblar, institut rahbariyati hamda maktab direktori ishtirokida maktab hududida ko‘chatlar ekildi.