Joriy yilning 24-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan “Jadid” gazetasi bosh muharriri Iqbol Mirzo va “Jadid” gazetasi bo‘lim mudiri, shoir, publitsist, Shavkat Do‘stmuhammadning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risi”gi qarori mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan ZOOM platformasi orqali tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda Jizzax politexnika instituti jamoasi ham onlayn tarzda ishtirok etdi.