Jizzax politexnika institutida 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘lishi munosabati bilan O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi hamda ARM hamkorligida “MUQADDASIM, YAGONAMSAN, ONA TILIM!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri, dotsent X.Xamdamova ochib berdi va bayram bilan tabrikladi. Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi TDO‘TAU huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari o‘rinbosari S.Usmonov qatnashib, markaz tomonidan tasdiqlangan sertifikatlarni malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tugatgan professor- o’qituvchilarga topshirdi, shuningdek, tadbir davomida JDPU O‘zbek adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi K.Sindarov, JizPI dotsenti D.Soatovalar o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi. Tadbirning badiiy qismida: “Ona tilim o‘lmaydi!” mavzusidagi videorolik taqdim qilindi. Shundan so‘ng kafedra to‘garaklarining iqtidorli talabalari tomonidan turli sahna ko‘rinishlari va musiqiy chiqishlar hamda she’riy namunalar havola qilindi. Shu bilan birga, institut ARM tomonidan O‘zbek tili, uning rivojlanishi hamda tarixiga oid turli xildagi badiiy, ilmiy va publitsistik adabiyotlar burchagi tashkil etildi. Tadbir yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi.