Img
None

Energetika muhandisligi va Transport muhandisligi fakultetlari talaba-yoshlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Institut rektori tomonidan 2024-yil 28-avgustda tasdiqlangan “2024-2025-o‘quv yili davomida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha yillik kalendar reja”sining 142-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yil 24-oktabr kuni Energetika muhandisligi va Transport muhandisligi fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Intellektual o‘yinda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Energetika muhandisligi fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari, tyutorlar, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova intellektual o‘yinni ochib berib, yurtimizda yoshlarga oid bir qancha islohotlar amalga oshirilib kelinayotganligi, shuningdek, institutda ham talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil maqsadida bir qancha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli xil ko‘rik-tanlovlar, ularning dunyoqarashini yanada kengaytirish uchun adiblarning kitoblari asosida har hafta kitobxonlik tanlovlari o‘tkazilib kelinayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng intellektual o‘yin boshlandi. Intellektual o‘yinda fakultetlardan quyidagi jamoalar ishtirok etdi:

Energetika muhandisligi fakultetidan:

1. “Yetakchilar” jamoasi;
2. “Omadlilar” jamoasi;
3. “Kelajak” jamoasi;
4. “Zukkolar” jamoasi;
5. “Adolat” jamoasi;
6. “Manuchehr izdoshlari” jamoasi;
Transport muhandisligi fakultetidan:

7. “Transport” jamoasi;
Intellektual o‘yin yakunida I o‘rinni Energetika muhandisligi fakultetining “Zukkolar” jamoasi, II o‘rinni Energetika muhandisligi fakultetining “Omadlilar” jamoasi, III o‘rinni Energetika muhandisligi fakultetining “Adolat” jamoasi egallashdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3