 
      
   
          Joriy yilning 25-oktabr kuni institutda tahsil oluvchi talaba-yoshlar ishtirokida institut rektori tomonidan 2024-yil 28-avgustda tasdiqlangan “2024/2025-o‘quv yili davomida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha yillik kalendar reja”ning 144-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Jismoniy tarbiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda “Posboningmiz, O‘zbekiston!” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi. 
Mazkur musobaqa 3 ta shart asosida bo‘lib o‘tdi:
Turnikka tortilish;
100 metrga yugurish;
darts sport turlari bo‘yicha.
Sport musobaqalarini hakamlar hay’ati a’zolari diqqat bilan kuzatib turishdi. 
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, quyidagi talabalar belgilangan o‘rinlar asosida g‘olib deb topildi:
 I o‘rin – Transport muhandisligi fakulteti 101-21 TVM guruhi talabasi Eshmo‘minov Nurmuxammad Ali o‘g‘li;
 II o‘rin – Kibersport fakulteti 551-24 Dasturiy injinering guruhi talabasi Norjigitov Otabek Nabi o‘g‘li;
 III o‘rin – Qurilish muhandisligi fakulteti 241-23 STK guruhi talabasi Qo‘shboqov Elyorbek Ixtiyor o‘g‘li
Bunday sport musobaqalarini o'tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimiz yoshlari qalbida vatanparvarlik, mardlik, jasorat tuyg‘ularini shakllantirish, xalqimizning azaliy ezgu orzu-intilishlarini anglab yetishiga va Vatan taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat.
 
                
                
                     
                
                
                    