Joriy yilning 25-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida Milliy Erasmus+ ofisi tomonidan “CBHE (Capacity Building in Higher Education) loyihalarining muhandislik sohasidagi ta’siri, universitet-sanoat va universitet-jamiyat hamkorligini mustahkamlash” mavzusida klaster uchrashuvi tashkil etildi. Klaster uchrashuvlarini tashkil qilishning asosiy maqsadi mahalliy oliy ta’lim muassasalari ishtirokidagi turli oliy ta’limda salohiyatni oshirish loyihalari bilan Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi, tegishli vazirliklar va boshqalarni tanishish imkoniyatini yaratishdan iborat. Ushbu tadbirda Jizzax politexnika institutidan Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i U.Rahmatov o‘z taqdimoti bilan ishtirok etdi va tadbir qatnashchilariga institutda amalga oshirilayotgan xorijiy loyihalar INSTRAS, TRIGGER, REILEAP, DEBSEUZ, TEX4FUTURE va GREENDT doirasida universitet-sanoat hamkorligi haqida ma’lumot berdi.