Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
29.10.2024

“Talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan umumprofilaktik tadbirlarni o‘tkazish” mavzusidagi tadbir

Joriy yilning 28-oktabr kuni institutda tahsil oluvchi talaba-yoshlar ishtirokida institut rektori tomonidan 2024-yil 28-avgustda tasdiqlangan “2024/2025-o‘quv yili davomida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha yillik kalendar reja”ning 149-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan umumprofilaktik tadbirlarni o‘tkazish” mavzusida Jizzax shahar IIB Terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda huquqiy profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirni dastlab kirish so‘zi bilan ochib bergan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova quyidagilar haqida aytib o‘tdi. - Talabalarning ma’naviyatini yuksaltirish ularda turli yot g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida institutda tahsil oluvchi talaba-yoshlar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili!”, “Internetda ekstremizm g‘oyalari targ‘ibotidan ehtiyot bo‘ling” mavzularida Terrorizmga qarshi kurash bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda. Bugungi globallashuv zamonida separatizm, millatchilik, radikalizm kabi milliy va diniy qadriyatlarimizga zid tahdidlar tobora kuchayib borib, hayot farovonligi va jamiyat xavfsizligiga tahdid solayotgan bu kabi kuchlar barcha davlatlarda turli ko‘rinishlarda o‘z ta’sirini ko‘rsatayotmoqda, bu holat kundan-kun odamlar hayotiga xavf solib, mamlakatlar o‘rtasida nizo va turli xil kelishmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Shundan so‘ng so‘zga Jizzax shahar IIB Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bo‘limi tezkor xodimi D. Xasanov chiqib quyidagilar haqida aytib o‘tdi. Ushbu tadbirlarning o‘tkazilishidan asosiy maqsad talabalar o‘rtasida jaholatga qarshi ma’rifatni yuksaltirish, yoshlarning sohaga doir salohiyatini oshirish, talaba-yoshlar o‘rtasida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi murosasizlikni shakllantirish, ilm-ma’rifat yo‘li bilan talabalarni saodatga yetaklash, ularda jamiyatda bo‘ladigan axborot xurujlariga qarshi o‘z fuqarolik pozitsiyasidan kelib chiqib munosabat bildira olish, yot g‘oyalarga qarshi kurasha oladigan erkin fikrli avlodni shakllantirish, ular o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishdan iboratdir. Soha mutaxasislariga talabalar va tyutorlar tomonidan savollar berildi. D.Xasanov berilgan savollarga misollar keltirib javob berdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3