Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi “Oliy ta’lim, muassasalarida “Ma’rifat ulashib” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 275-son buyrug‘i 5-ilovasi “Adiblar xiyobonida o‘tkaziladigan tadbirlarning samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha 2024-2025 o‘quv yiliga mo‘jallangan chora-tadbirlar dasturi” 3-bandida “Talabalar teatr studiyalari tomonidan Adiblar xiyobonida haykallari o‘rnatilgan atoqli adiblarning hayoti, faoliyati va asarlari asosida o‘tkazilgan sahna ko‘rinishlarini namoyish etish” vazifasi belgilangan. Berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida institutda joriy yilning 30-oktabr kuni Talabalar teatr studiyasi tomonidan shoir, dramaturg Hamid Olimjon hamda shoira Zulfiya hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna asari namoyish etildi. Asardagi voqealar rivoji Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimning tanishuvlaridan boshlanadi. Yaʼni bu davrda Hamid Olimjon mashhur, el tanigan shoir, Zulfiyaxonim esa sheʼriyatga endi kirib kelayotgan yosh ijdokorlardan edi. Ikki ijodkor bir-biriga koʻngil qoʻyib turmush qurishadi. Endi baxtli hayot kechiramiz deganda qatagʻon yillarining qora bulutlari ularning ham osmonini qoplaydi. Hamid Olimjon tinim bilmay Oʻzbek adabiyotiga xizmat qilish bilan birga oʻz ijodini yanada kuchaytiradi. Afsuski ularning baxti uzoqqa cho‘zilmaydi. Hamid Olimjon avto halokatga uchrab o‘g‘ir jarohatdan keyin hayotdan ko‘z yumadi. Iqtidorli talabalar tomonidan sahnalashtirilgan teatr namoyishi barchaga manzur bo‘ldi.