Jizzax politexnika institutida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit baqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi Sh.Madaminov, institut Kasaba uyushmasi raisi Q.Takaboyev, Axborot-resurs markazi direktori o‘rinbosari B.Tursunova, institut yuriskonsulti D.Ergasheva, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim xodimlari, fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi hamda koordinatorlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda yakunlanayotgan oy sarhisob qilindi, istiqboldagi rejalar belgilab olindi. Jumladan, dastlab yakunlanayotgan oy davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi va mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, joriy o‘quv yilida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, talabalarning talabalar turar joyi hamda ijara xonadonlariga joylashganligi, sport bilan doimo hamnafas bo'lish maqsadida tashkil etilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining olib borilish tartibi to‘g‘risida va boshqa muhim masalalar yuzasidan kelishib olindi. Mas’ullarning axboroti tinglanib, ularga kerakli topshiriqlar yuklatildi.