Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
17.07.2024

Hamkorlikda bajariladigan ishlar kelishib olindi

Bugun, 17-iyul kuni BYD Uzbekistan Factory qo‘shma korxonasi bosh direktori Shavkatbek Alimov hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev Jizzax politexnika institutida bo‘lishdi. Ma’lumki, Jizzaxdagi “BYD Uzbekistan Factory” kompaniyasiga malakali mutaxassislarni jalb qilish maqsadida Jizzax politexnika instituti va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bilan birgalikda yuqori malakali mutaxassislarni o‘qitish bo‘yicha muhandislik o‘quv markazini tashkil qilish rejalashtirilgan (https://president.uz/uz/lists/view/7389). Tashrif davomida mehmonlar institut rektori Alisher Usmankulov bilan birgalikda mazkur muhandislik o‘quv markazini tashkil qilish yuzasidan hamkorlikda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar va kelgusida bajariladigan ishlarning rejasini kelishib oldilar.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3