Img
None

Uchinchi sonli talabalar turar joyiga media-tur tashkil etildi

Jizzax politexnika institutida sifatli ta’lim va talabalar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun JizPI Matbuot xizmati tomonidan institutning 3-sonli talabalar turar joyiga «Talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar hamda qamrov darajasini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar» mavzusida media-tur tashkil etildi.

Media-turda institut matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi J.Tulakov boshchiligida talabalar turar joyining mas’ul xodimlari hamda institutning «Blogerlar klubi aʼzolari ishtiroki etdi.

Talabalar turar joyida uyushtirilgan tashrif davomida u yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3