Institut rektori tomonidan 2024-yil 28-avgustda tasdiqlangan “2024/2025-o‘quv yili davomida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha yillik kalendar reja”ning 138-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida institutda tahsil oluvchi iqtidorli talaba-yoshlar ishtirokida institut texnoparkida “Milliy qadriyatlar” haftaligi doirasida “Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbirda institut institut rektori, texnika fanlari doktori, professor A.Usmankulov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi M.Xolbekova, fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida institut rektori milliy qadriyatlar, an’analarimiz aks etgan turli ko‘rgazmalar bilan tanishdi hamda talabalar bilan dildan suhbat qurdi. Ularga millatimizning boy qadriyatlarini asrab, ularni kelajak avlodga yetkazish barchamizning burchimiz ekanligini, har bir an’ana va urf-odatlarning ma’no-mazmunini bilishimiz zarurligi to‘g‘risida o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi. https://t.me/jizpi_online/33719