Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
04.11.2024

Transport muhandisligi fakultetida “O‘zbekistonda din va davlat munosabatlari, diniy va dunyoviylik uyg‘unligi” mavzusidagi tadbir o‘tkazildi

2024-yil 4-noyabr kuni institut rektori tomonidan 2024-yil 28-avgustda tasdiqlangan “2024/2025-o‘quv yili davomida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha yillik kalendar reja”ning 174-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Transport muhandisligi fakultetida “O‘zbekistonda din va davlat munosabatlari, diniy va dunyoviylik uyg‘unligi” mavzusidagi tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasida dinga bo‘lgan munosabat, diniy tashkilotlar, din va dunyoviylik uyg‘unligi, Konstitutsiyada fuqarolarga berilgan imkoniyatlar, Prezidentimizning BMTning 72 sessiyasidagi taklifi haqida talabalarga "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi katta o‘qituvchisi B.Rashidova tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi. Navbatda so‘zga chiqqan "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti Q.Razzoqov dinning mazmun-mohiyati, funksiyalari va dinlarning bir-biridan farqli jihatlari xususida gapirib o‘tdi. Dinlarni yaxshi tushunmaslik natijasida yoshlarni turli xil oqimlarga kirib qolishi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3