Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
06.11.2024

Jizzax politexnika institutida atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 107 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab barcha ta’lim muassasalarida, davlat va jamoat tashkilotlarida Sharof Rashidov tavalludining 107 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xotira kechalari bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri bugun, 6-noyabr kuni Jizzax politexnika institutida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifiat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti B.Rashidova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchi va koordinatorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok ishtirok etdi. Tadbirni institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifiat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib, institut rektorining atoqli davlat arbobi, ulkan so‘z san’atkori, mohir tarjimon Sharof Rashidov tavalludining 107 yilligi munosabati bilan tabrigini yetkazdi. Zalda o‘rnatilgan monitorda Sharof Rashidovning hayoti va ijodi, uzoq yillik halol mehnati aks ettirilgan videolavha namoyish etildi. So‘ngra so‘z navbati tadbir ishtirokchilariga berildi. Navbatda so‘zga chiqqanlar, xalqimizning fidoyi farzandi Sharof Rashidov hayoti, ijod namunalari, u haqida yozilgan turli kitoblar, ko‘plab maqolalar, ijodiy faoliyati xususida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, yaratilgan hujjatli filmlar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdilar. Shuningdek, Davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidovning hayot yo‘li, ijtimoiy-siyosiy faoliyati, xususan, respublikamizni juda murakkab va og‘ir yillarda boshqarishdagi beqiyos salohiyati, yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida fidokorona mehnati, milliy adabiyotimiz rivojidagi yorqin ijodiy faoliyati haqida ma’lumot berildi. Shundan so‘ng, institutda tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlarga navbat berildi. Talaba-yoshlar tomonidan Sharof Rashidov she’rlaridan namunalar o‘qib eshittirildi. Institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchi va koordinatorlari ishtirokida Sharof Rashidovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna asari namoyish etildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3