O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 36-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Chora- tadbirlar dasturi” ning 2-bandi ijrosi yuzasidan iqtidorli talaba va o‘quvchilarning maqsadli faoliyatini tizimli tashkil yetish hamda ularni yangi marralar sari yo‘naltirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy talim fan va innovatsiyalar vazirligi 27-(q/q), Madaniyat vazirligi (01-17-15), Yoshlar ishlar agentligi (01-07-21), O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (q/q03-03) va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi (2/5) 25-iyuldagi qo‘shma qarorning 3-ilovasiga muvofiq “Eng faol yil talabasi” respublika ko‘rik tanlovini o‘tkazish belgilangan. Mazkur “Eng faol yil talabasi” respublika tanlovini Jizzax politexnika institutida namunali tarzda tashkil etish maqsadida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S. Eshbekovaning tanlov ishchi guruhi a’zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida S.Eshbekova “Eng faol yil talabasi” respublika tanlovi, tanlovning maqsadi hamda nizom talablari bilan tanishtirib o‘tdi. Mazkur qo‘shma qaror nizomida “Eng faol yil talabasi” ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichini fakultet kesimida o‘tkazish belgilab qo‘yilgan. Shu munosabat bilan barcha fakultetlarda tanlovni yuqori saviyada o‘tkazildi, ishchi guruh tuzildi hamda hakamlar hay’ati tarkibiga ijodiy ishlarni baholash uchun soha xodimlari, mutaxassislar va professor-o‘qituvchilar jalb qilindi. Fakultetlar mas’ullari tanlovning fakultet bosqichini yakunlab, fakultet bayonnomasi bilan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga topshirgan. Fakultetlardan yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib bo‘lgan talabalarning hujjatlari nominatsiyalar bo‘yicha, ishchi guruh a’zolariga topshirildi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha ishchi guruh a’zolari nomzodlarning yig‘ma jildlarini va ijodiy ishlarini nizom talabalari asosida tekshirib, o‘z xulosalarini yozadilar.