Yangi ish haftasi viloyatning faol va tashabbuskor xotin-qizlari uchun quvonchli boshlandi Bugun viloyat hokimligi tantanalar majmuasida “Yil ayoli”, “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlari, “Innowomanweek” ixtirochi ayollar haftaligi, “100 nafar olima ayollar” hamda “XXI asr ayoli” tanlovlarining viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandilar. Shuningdek, oktabr oyida nishonlangan Xalqaro qizlar kuni va Qishloq ayollari kuni munosabati bilan eng faol, jamoatchi qizlar va hududlarda halol mehnati ila tanilgan xotin-qizlar viloyat hokimligining faxriy yorlig‘iga sazovor bо‘lishdi. Taqdirlanganlar orasida Jizzax politexnika institutining ham bir qator professor-o‘qituvchilari hamda xodimlarining borligi mana shunday qutlug‘ damda ajoyib sovg‘a - fidoyilik bilan qilingan mehnatning e’tirofi bo‘ldi. Tadbirning badiiy qismida xonandada, sozanda va raqqosalar tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.