Ayni kunlarda Jizzax politexnika instituti “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi hamda "To'qimachilik mahsulotlarini qayta ishlash" kafedrasi professor-o‘qituvchilari G.Xudayberdiyeva va A.Salomovlar Hindistondagi Atrof-muhitni muhofaza qilish ta’lim va tadqiqotlar institutida qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tamoqda. Tadqiqot dasturiga binoan professor-o‘qituvchilarimiz "Iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish" mavzusidagi qisqa muddatli trening kurslarida ishtirok etayapti. Mazkur ilmiy stajirovka Hindiston tashqi ishlar vazirligi tasarrufidagi Hindiston texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi (ITEC) tomonidan moliyalashtiriladi.