Jizzax politexnika instituti ma’muriyati vakillari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda fakultetlarning mas’ul xodimlari o‘quv yili boshidan buyon muntazam ravishda ijara xonadonlariga tashrif buyurib, u yerdagi yashash sharoitlari, yaratilgan qulayliklar hamda mavjud kamchiliklar bilan yaqindan tanishib kelmoqdalar. Tashriflar davomida ijara xonadonlarida tabiiy gaz va elektr energiyasidan foydalanish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ko‘zdan kechirilib, xonadon egalari va talabalar bilan suhbatlar o‘tkazib kelinmoqda. Lavhalarda “Kimyo muhandisligi” fakulteti, "Kimyoviy texnologiya", "Transport logistikasi" hamda “Energetika va elektr texnologiyasi” kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan ijara xonadonlarini o‘rganish jarayonlari aks etgan.