Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
14.11.2024

Jizzax politexnika institutida “Diniy ma’rifat va millatlararo bag‘rikenglik - jamiyat barqarorligi sharti” mavzusida tadbir o‘tkazildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 3/15-1726-son xatida quyidagilar haqida aytib o‘tilgan: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-37-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 28-fevraldagi 03-PA 2/1-503-son topshirigʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi tomonidan joriy yilning 11-16-noyabr kunlari 16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlab Respublikaning barcha hududlarida “Bagʻrikenglik” haftaligini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish vazifasi belgilangan. Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institutda joriy yilning 13-noyabr kuni “Diniy ma’rifat va millatlararo bag‘rikenglik - jamiyat barqarorligi sharti” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifiat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti Q.Razzoqov, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirok ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar milliy qadriyat va urf-odatlarimizga sodiqlik, ona Vatanga muhabbat, yurt tinchligi, mamlakatimizda inson manfaati uchun olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, diniy bag‘rikenglik va yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolish oqibatlari hamda shukronalik tuyg‘ulari haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mas’ul xodimlar batafsil javob berdilar.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3