Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
15.11.2024

Jizzax politexnika institutida xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

2024-yil 15-noyabr kuni Jizzax politexnika institutida “Qishloq xo‘jaligi, paxta va yengil sanoatda texnologik hamda ekologik muammolarining innovatsion yechimlari” mavzusida xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjuman qishloq xo‘jaligi, paxta yetishtirish va yengil sanoat sohalarida duch kelayotgan texnologik va ekologik muammolarni aniqlash, bu sohalarning barqaror rivojlanishini ta’minlash, ilg‘or innovatsion yechimlarni tadbiq etish yo‘llarini muhokama qilish, ilmiy-tadqiqot va amaliy tajribalarni almashish orqali xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan strategik chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida tashkil qilindi. Anjumanga Respublikamiz, hamdo‘stlik mamlakatlari va xorijiy mamlakatlar olimlaridan, ilmiy tadqiqotchilardan 200 dan ortiq ilmiy maqolalar kelib tushdi hamda ularning 100 tasi qabul qilindi. Konferensiyaga 20 dan ortiq xorijiy olimlar, yurtimizdan 100 dan ortiq sohaning taniqli professor-olimlari, doktorantlar, tadqiqotchilar ishtirok etishdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3