Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
16.11.2024

“Giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” mavzusida soha mutaxassislari bilan davr suhbati

Bugun insoniyat taraqqiyotning yangi-yangi cho‘qqilarini zabt etmoqda. Lekin keyingi asrlarda butun kurrai zaminga keng tarqalgan bir illat bugungi kunda hammamizni tashvishga solib, og‘ir jinoyatlarning sodir etilishiga, oilalar va millat genofondining buzilishiga olib kelmoqda. Bu — giyohvandlikdir. Mamlakatimizda aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga nisbatan qarshi immunitetni shakllantirish, shuningdek, inson salomatligini ta’minlashga qaratilgan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo so‘nggi yillarda yangi turdagi sintetik giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar paydo bo‘layotgani, ular inson omilisiz internetning ijtimoiy tarmoqlaridan foydalangan holda aholi, ayniqsa, yoshlar orasida oson tarqatilayotgani mas’ul davlat tuzilmalarining bu boradagi faoliyatini “Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun” degan ustuvor g‘oya asosida sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish zarurligini taqozo etmoqda. Joriy yilning 15-noyabr kuni Sanoat texnologiyalari fakultetida “Giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” mavzusida soha mutaxassislari bilan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Jizzax viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor vakili J.Ashirboev, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati bo‘yicha Jizzax viloyati filiali direktori Q.Meliboev, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati bo‘yicha Jizzax viloyati filiali vrach-narkolog B.Soliev, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati bo‘yicha Jizzax viloyati filiali oliy toifali xamshira L.Xo‘jabekova va Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘lim boshlig‘i M.Xolbekova hamda fakultetlar dekan o‘rinbosarlari, fakultet tyutorlari, JizPI BT yetakchi va koordinatorlari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida ma’ruzachilar giyohvand, bu illatning zarari va salbiy oqibatlari haqida ma’lumot berishdi. Shuningdek, tadbir davomida institut yetakchi va koordinatorlari tomonidan “To‘da” spektakli namoyish etildi. Spektakl talaba-yoshlar tomonidan mahorat bilan ijro etilgani bois tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, giyohvand inson nafaqat o‘ziga, balki yaqinlariga ham ozor beradi. Undan tug‘ilajak farzandlar esa ota-onasining xatosi tufayli bir umrga majruhlik qismatiga mubtalo bo‘lishlari mumkin.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3