Mazkur sana munosabati bilan Jizzax politexnika institutida «Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz!» mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda Qirg‘iz milliy-madaniy markazi raisi Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti dotsenti, Oliy ta’lim a’lochisi, ustoz T.Ismoilov, Tojik milliy-madaniy markazi raisi O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi A.Sharipov, Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari G.Soatova, Sh.Shermatov tyutorlar talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan doʻstlik, millatlar oʻrtasidagi oʻzaro totuvlik, bagʻrikenglik, bu yurtimizdagi taraqqiyotning eng muhim omili sifatida xizmat qilayotganligi eʼtirof etildi. Mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillarini bir oiladek ahil, inoq yashashi hamda ularning anʼanaviy, madaniy merosini qayta tiklash va rivojlantirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi davlatimiz olib borayotgan siyosatning ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligini alohida taʼkidlab oʻtildi. Tadbirning badiiy qismida talaba-yoshlar tomonidan millat va elatlarning milliy sheʼr va qoʻshiqlari, shuningdek, milliy raqslari ijro etildi. Bu kabi tadbirlar millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular ongiga turli millatlar an’ana va qadriyatlarini hurmat qilish kabi tuyg‘ularni singdirishda muhim ahamiyat kasb etadi.