Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
19.11.2024

“Prokuror va yoshlar” uchrashuvi

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari ham ishtirok etdi. Uchrashuvda Jizzax viloyat prokurori Baxtiyor Ibrohimov, Yoshlar ishlari agentligi Jizzax shahar bo‘limi boshlig‘i Farzona Adilova, Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Shavkat Sharipov, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sanobar Eshbekova, fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Talabalarga tavsiyalar ochiq muloqot va savol-javoblar asosida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Jizzax viloyat prokurori Baxtiyor Ibrohimov mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida Qonun, Farmon, qaror va barcha me’yoriy hujjatlar va keng ko‘lamli amaliy islohotlari mazmun-mohiyatini aytib o‘tdi. Bugungi kunda yoshlarning erishayotgan natijalari e’tirof etildi. Yoshlar o‘rtasida yuzaga kelayotgan ayrim ko‘ngilsiz holatlar ya’ni huquqbuzarlik, jinoyatchilik kabi illatlar va uning oqibatlari hayotiy misollar orqali tushintirildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3