Ayni paytda Erasmus+ CBHE loyihasi doirasida “Development of the targeted educational program for bachelors in solar energy in uzbekistan (DEBSEUZ)” xalqaro loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi uchrashuvi Portugaliyaning Evora universitetida bo‘lib o‘tmoqda. “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar” vazirligi, Jizzax politexnika instituti, Respublikamizning 7 ta va Yevropa Ittifoqining 3 ta (Italiyaning Politecnico di Torino universiteti, Portugaliyaning Universidade de Evora universiteti, Ispaniyaning Universidad Politecnica de Madrid) universitetlari hamkorligida ERASMUS+ Higher Education Capacity Building loyihalari doirasida “Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan (DEBSEUz)” xalqaro loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi uchrashuvi joriy yilning 18-noyabr kuni Portugaliya davlatining Evora universitetida boshlandi. Tadbirda Jizzax politexnika institutidan loyiha koordinatori, dotsent T.Berdiyorov va loyiha ishtirokchilari, “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi dotsenti O.Arzikulov va “Radioelektronika” kafedrasi assistenti X.Abdiyevlar ishtirok etishmoqda. Ushbu uchrashuvning dastlabki kunida Evora universitetning 3 ta professor-o‘qituvchilari “Quyosh radiatsiyasini o‘lchash” (Afonso Cavaco) va “Fotovoltaik va elektr zaxiralash tizimlari” to‘g‘risida (Ana Foles va Jose Silva) loyiha ishtirokchilari uchun trening kurslarini o‘tib berdilar. Shuningdek, ishtirokchilar ushbu soha bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Yevropa tajribasi misolida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar bo‘yicha javob oldilar. Umuman olganda, uchrashuv ko‘tarinki ruhda o‘tdi va loyihaning kelgusidagi ishlarini izchil amalga oshirishga turtki bo‘ladi.