“Respublikada terrorizm, diniy ekstremizm, giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan choralar” mavzusida respublika miqyosida seminar bo‘lib o‘tmoqda Mazkur seminarda viloyatdagi OTMlar, jumladan, Jizzax politexnika instituti, Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali ham onlayn tarzda ishtirok etmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining qo‘shma dasturiga asosan, joriy yilning 21-22-noyabr kunlari respublikada terrorizm, diniy ekstremizm, shuningdek, giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan choralar to‘g‘risida respublika o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur o‘quv seminarda Jizzax politexnika institutidan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, tyutorlar hamda “Qalqon” jamoatchilik tashkiloti a’zolari ishtirok etishmoqda. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar respublikada kuzatilgan narkovaziyatning soʻngi tendensiyalari, shuningdek, sohani takomillashtirishda koʻrilayotgan choralar, giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar, aholiga koʻrsatilayotgan narkologik yordam toʻgʻrisida, yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlari oʻrtasidagi hamkorlik, giyohvandlikni erta aniqlash, tashxislash, davolash va reabilitatsiya sohasi, narkotik moddalarni internet tarmoqlarida tarqalishini oldini olish va aniqlash choralari, giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berib o‘tishdi.