Ko‘rik-tanlovning birinchi bosqichi fakultet kesimida o‘tkazilib, tanlovning institut bosqichi uchun ishchi guruh tuzildi hamda hakamlar hay’ati tarkibiga ijodiy ishlarni baholash uchun soha xodimlari, mutaxassislar va professor-o‘qituvchilar jalb qilindi. Tanlov Nizom asosida yuqori saviyada o‘tkazildi. Nominatsiyalar bo‘yicha komissiya qaroriga ko‘ra, tanlovning institut bosqichi natijalariga asosan ishtirokchi talabalar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi o‘rinlarni egallashdi: I. “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha: 1-o‘ringa Kimyo muhandisligi fakulteti 703-21 KT guruhi talabasi Sarabekova Marjona Yadgor qizi; 2-o‘ringa Kibersport fakulteti 531-22 BH va A guruh talabasi Xo‘jabekova Ulug‘oy Ilhom qizi; 3-o‘ringa Qurilish muhandisligi fakulteti 212-21 MKK guruhi talabasi Baxromova Bonu Tomas qizi munosib deb topildi. II. “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha: 1-o‘ringa Kimyo muhandisligi fakulteti 721-23 QMB va KICh guruhi talabasi Ochilov Mirzohid Shavkat o‘g‘li; 2-o‘ringa Energetika muhandisligi fakulteti 541-22 MS va MSM guruhi talabasi Otaqulova Gulzoda Faxriddin qizi; 3-o‘ringa Transport muhandisligi fakulteti 101-23 TVM guruhi talabasi Inatov Mehroj Sirojiddin o‘g‘li munosib deb topildi. III. “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha: 1-o‘ringa Kimyo muhandisligi fakulteti 801-22 QMB va KICh guruhi talabasi Shukrullayeva Dilnoza Fayzulla qizi; 2-o‘ringa Energetika muhandisligi fakulteti 412-21 EEE guruhi talabasi Abdug‘afforov Nurbek Baxodir o‘g‘li munosib deb topildi. IV. “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha: 1-o‘ringa Kimyo muhandisligi fakulteti 801-22 QMB va KICh guruhi talabasi Shukurullayeva E’zoza Fayzulla qizi munosib deb topildi. V. “Yilning eng faol iqtidorli talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha: 1-o‘ringa Qurilish muhandisligi fakulteti 201-22 B va IQ guruh talabasi Abdujalilov Xusniddin Baxodir o‘g‘li; 2-o‘ringa Kimyo muhandisligi fakulteti 232-23 Arxitektura guruhi talabasi Abdug‘aniyeva Nozima Arslon qizi; 3-o‘ringa Sanoat texnologiyalari fakulteti 313-21 YeSBKI va T guruhi talabasi Botirov Xasan Baxtiyor o‘g‘li munosib deb topildi. VI. “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha: 1-o‘ringa Kimyo muhandisligi fakulteti 811-22 D va PQMT guruhi talabasi Axmedov Rauf Abdurasul o‘g‘li; 2-o‘ringa Energetika muhandisligi fakulteti 441-21 E guruhi talabasi Suvonov Namoz Shodibek o‘g‘li munosib deb topildi. VII. “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha: 1-o‘ringa Kibersport fakulteti 533-21 BH va A guruhi talabasi Payzimurodova Maftuna Shavkat qizi; 2-o‘ringa Sanoat texnologiyalari fakulteti 313-23 YeSBKI va T guruhi talabasi Axmatova Sevinch Sobir qizi munosib deb topildi.