“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Jizzax politexnika institutida “Antikorrupsiya bilimdoni” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbir korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida talabalarning bilimini boyitish va ularning intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratildi. Final bosqichida bilimdon jamoalar o‘zlarining zakovat va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi talaba-yoshlar jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi: 1-o‘rin – Qurilish muhandisligi fakultetining "Muhandis yoshlar" jamoasi; 2-o‘rin – Qurilish muhandisligi fakultetining "Muhandislar" jamoasi; 3-o‘rin – Kibersport fakultetining "Yo‘lchilar" jamoasi. Musobaqa korrupsiyaga qarshi ma’rifiy faoliyatni kuchaytirish va talabalarda mas’uliyat hissini shakllantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi. G‘olib jamoalarni tabriklaymiz va barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz!