Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
27.11.2024

Jizzax politexnika institutida “O‘quv jarayoni: muammolar, o‘zgarish va yutuqlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Matbuot anjumanida institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori v.b. Jasurjon Nasriddinov, institut matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Jahongir Tulakov, OAV vakillari hamda blogerlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan oliy ta’lim tizimidagi hamda institutdagi so‘nggi yangiliklar, o‘quv jarayoni, mavjud muammolar, o‘zgarishlar hamda yutuqlar, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan to‘liq axborot taqdim etildi. Matbuot anjumani davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar. Tadbir yakunida tadbir ishtirokchilari institutda talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3