Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
28.11.2024

Energetika muhandisligi hamda Kibersport fakultetlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Munozara” debat turiniri o‘tkazildi

Joriy yil 28-noyabr kuni soat 12:00 da Jizzax politexnika instituti Energetika muhandisligi hamda Kibersport fakultetlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Munozara” debat turiniri o‘tkazildi. Tadbirni “Energetika muhandisligi” fakulteti dekan muovini B.Mamatkulov kirish so‘zi bilan ochib berdi va turinirga tashrif buyurgan mehmonlarni tanishtirib o‘tdi. - "Mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor doimo eng muhim masalalardan biri bo‘lib kelayotganligi, ayniqsa, so‘nggi yillarda yoshlar siyosatida tub o‘zgarishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Yoshlar muammolarin o‘rganish va ularni tizimli hal qilish borasida samarali ishlar yo‘lga qo‘yilganligi va albatta bunday imkoniyat va imtiyozlardan oqilona foydalanishimiz zarur. Shunday ekan mamlakatimiz rivoji uchun munosib hissa qo‘shishimiz va vatan ravnaqi uchun har birimiz dahldorlik hissini chuqur anglashimiz lozim", dedi dekan muovini. Shuningdek, B.Mamatkulov talaba-yoshlar uchun tashkil etilgan “Munozara” debat turinirida faol ishtirok etib, munosib o‘rin egallashlarini tilagan holda “Munozara” debat turiniri nizomi va yo‘nalishlar haqida to‘xtalib, atroflicha ma’lumot berdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tga turinirda jamoalar quyidagicha natijalarni qo‘lga kiritishdi: 1-o‘rin - Energetika muhandisligi fakultetining Omadlilar (402-24 EE) jamoasi; 2-o‘rin - Kibersport fakultetining Zukkolar jamoasi; 3-o‘rin - Energetika muhandisligi fakultetining Yuksalish (401-24 EE) jamoasi. Tadbir yakunida Kibersport fakulteti dekan muovini Sh. Shermatov so‘zga chiqib, turinir g‘oliblarini tabrikladi. Bunay ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ko‘rik-tanlovlar barcha talabalar uchun tajriba va ko‘nikmalar hosil qilishda muhim omillardan ekanligini ta'kidlab, barchaga omad tiladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3