Jizzax politexnika institutida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha” tanlov o‘tkazildi. Mazkur tanlovda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tanlov ikki bosqichda tashkil etildi. 1-bosqich: Talabalar O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi asosida tuzilgan 30 ta testni ishlashdi. 2-bosqichda: Test sinovida eng yuqori ball to‘plagan talabalarga 2 tadan savollar berildi. Hakamlar hay’ati olimpiadani adolatli va shaffof tarzda o‘tishini nazorat qilishdi. Tanlovning yakuniy natijasiga ko‘ra quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi: I o‘rinni Transport muhandisligi fakulteti 552-23 PT (iqtisod) guruhi talabasi Xolmirzayev Ubaydulla Mamarasul o‘g‘li; II o‘rinni Kimyo muhandisligi fakulteti 741-24 Kadastr guruhi talabasi Jumanova Iroda Xusniddin qizi; III o‘rinni Kibersport fakulteti 511-24 Menejment guruhi talabasi Norjigitov Xolmirza Norjigit o‘g‘li.