Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
03.12.2024

Jizzax politexnika instituti va Toshkent gumanitar fanlar universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

Joriy yilning 30-noyabr kuni ikki oliygoh vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Jizzax politexnika instituti mezbonlik qilgan uchrashuvda Toshkent gumanitar fanlar universiteti rektori Jumanazar Saburov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Bekmuhammad Tursunov, Jizzax politexnika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori v.b. Jasurjon Nasriddinov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Jamshid Abdunazarov, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Shuxrat Turatov hamda Iqtisodiyot va menejment kafedrasi mudiri v.b. Otabek Arzikulovlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borilib, yakunda hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, oliygohlar o‘rtasida o‘quv va ilmiy faoliyat bo‘yicha hamkorlik qilish kelishib olindi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3