Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov raisligida "Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar joy bilan ta’minlash chora-tadbirlari" ga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishga oliy ta’lim muassasalarining birinchi prorektorlari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi boshliqlari, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘limi boshliqlari, Talabalarni turar joy bilan ta’minlashga yordam ko‘rsatish markazlarini tashkil etishga mas’ullar onlayn tarzda qatnashdilar. ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan mazkur yig‘ilishda Jizzax politexnika instituti jamoasi ham ishtirok etdi.