Jizzax politexnika instituti Kimyo muhandisligi fakulteti O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti M.Ziyayeva tomonidan tashkillashtirilgan “Konstitutsiya-farovon hayotimiz poydevori” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib berdi va yig‘ilganlarga yangi tahrirdagi Konstitutsiya haqida ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng O‘zLiDeP Jizzax viloyat kengashi “Ayollar qanoti” bo‘limi boshlig‘i S.Umaraliyeva ham ishtirok etdi va xotin-qizlarning zo‘ravonlikka qarshi kurashishi va unga oid chiqarilgan me'yoriy hujjatlar haqida ma’ruza qildi. O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti M.Ziyayevaning iqtidorli talabari tomonidan tayyorlangan Konstitutsiyaning ahamiyati haqida videorolik namoyish etildi. Tadbirning badiiy qismida Kimyo muhandisligi hamda Qurilish muhandisligi fakultetiting iqtidorli talabalar tomonidan Konstitutsiya moddalaridan, Vatan va baxtimiz qomusini madh etuvchi she’rlardan namunalar va milliy raqs hamda yetakchi va koordinatorlar sahna ko‘rinishini ijro etishdi.