Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
06.12.2024

“Konstitutsiyasi – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida bayram tadbiri

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 53-son farmoyishida ta’lim muassasalarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirokida “Konstitutsiyani o‘rganamiz”, “Konstitutsiya – adolat tantanasi” mavzularida uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, huquqiy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish vazifasi belgilangan. Belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 6-dekabr kuni Jizzax politexnika institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiyasi – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Jizzax viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori Sh.Baxromov, Jizzax viloyat prokuraturasi bo‘lim katta prokurori O.Odilov, O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi rahbari M.Abduraxmonova, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova, fakultet dekanlari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosalari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng so‘zga Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova so‘zga chiqib, ishtirokchilarga institut rektorining barcha tadbir ishtirokchilariga, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlarga yo‘llagan bayram tabrigini yetkazdi. Navbatda bir qator yuksak kasb mahoratiga ega, sohaning fidoyisi bo‘lgan professor-o‘qituvchilar hamda bir qator tanlovlarda ishtirok etib g‘olib bo‘lgan talaba-yoshlar taqdirlandi. Jumladan: Joriy yilning 16-noyabr kuni Jizzax viloyatida o‘tkazilgan “Talaba — yugur” ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasida ishtirok etib mavsum natijasi bo‘yicha Qo‘shma qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 28-30-bandi talablariga asosan institutning talabalari orasidan kurslar kesimida 1-3 o‘rinlarni egallagan talabalar hamda professor-o‘qituvchilar; Jizzax politexnika institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan institut xodimlari hamda professor-o‘qituvchilar; 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan joriy yilning 8-noyabr kuni “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida o‘tkazilgan “Eng yaxshi rasmlar”, “Eng yaxshi insholar” tanlovida 1-3 o‘rinlarni egallagan talabalar; Joriy yilning 23-noyabr kuni “Aksilkorrupsiya bilimdoni” bilimlar bellashuvida 1-3 o‘rinlarni egallagan jamoalar institut rahbariyatining vaucher pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Taqdirlash marosimi yakunlangach, so‘z navbati institut o‘qituvchilariga hamda mehmonlarga berildi. O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi rahbari M.Abduraxmonova, Jizzax viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori Sh.Baxromov, Jizzax viloyat prokuraturasi bo‘lim katta prokurori O.Odilovlar hamda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti X.Xidirovlar avvalo barcha ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati hamda unga kiritilgan o‘zgarishlar, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, xalq farovonligini oshirish borasida olib borilayotgan izchil siyosat haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdilar. Tadbir davomida Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi”ga oid ko‘rgazmali chiqish namoyishi, “Tanovar raqsi”ni Sanoat texnologiyasi fakulteti “Joziba” raqs to‘garagi qizlari ijrosidagi raqs, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi tarbiyalanuvchilari tomonidan “Harbiy jang sa’ati” chiqishi namoyish etildi. Kuy-qo‘shiqlar, bayramona chiqishlar, turli xil kreativ namoyishlar ishtirokchilarga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3